35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Навбахор маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари Хатирчи туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Ш.Камолов ҳамда Ўзбекистон Экологик партияси Хатирчи туман Кенгаши раиси Қ.Олимовлар бошқарув компаниялари фаолиятининг самарадорлигини ўрганиш бўйича мониторинг ишлари амалга оширилди.
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Ш.Камолов томонидан 8-Амир Темур сайлов округида
янв.21
24-«Ангидон» сайлов округи депутати Рахмонбердиев Азизбек Зарифович Бахшижар маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгашининг 2022 йил 21 сентябрдаги “Уй-жойга муҳтож хотин-қизларни уй-жой билан таъминлаш ҳамда бошпанасиз, оғир турмуш шароитига тушиб қолган фуқароларнинг яшаш шароитларини яхшилаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги VI-59-93-5-77-K/22-сонли қарори ижросини таъминлаш буйича ишлар амалга оширилди
янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Чинобод маҳалласида
янв.21
Ўзбекистон Халқ демократик партиясидан сайланган 14-“Навбаҳор” сайлов округи депутати М.Саидахмедова Бинокор маҳалласида
янв.21
Халқ депутатлари Хатирчи туман Кенгаши котибияти бош мутахассиси Т. Ярашев ҳамда Ўзбекистон Экологик партияси туман бўлими раҳбари Қ.Олимовлар атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва аҳоли ўртасида экологик маданиятни оширишга қаратилган экорейд тадбири ўтказилди.
янв.21
Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партиясидан сайланган 1-«Зарафшон» сайлов округи депутати, туман ҳокими Адизов Умиджон Ҳасанович туманда барпо этилаётган “Умуммиллий бирдамлик боғи”да
янв.21
Олий Мажлис Сенатининг 2025 йил 14 январдаги КҚ-35-V-сонли қарори ижросини таъминлаш
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sakson to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 24-iyul kuni oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sakson to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyasi ishida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari, tuman hokim o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati xodimlari, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sherzod Salixov raislik qildi va olib bordi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Chinoz tumanida “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi ijrosi hamda yoshlar muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish borasida 2024-yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi Sh.Salixovning hisoboti eshitildi.

Chinoz tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-iyul oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Chinoz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Z.Sultanovning hisoboti eshitildi.

Chinoz tumanida 2024-yil birinchi mavsum tashabbusli budjet jarayonida g‘olib bo‘lgan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ishchi komissiya a’zosi O.Dadajonovning axboroti eshitildi.

Chinoz tumanida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T.Tajiboyevning hisoboti eshitildi.

Chinoz tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida Chinoz tumani Adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti eshitildi.

Chinoz tumanida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida Chinoz tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i J.Razzoqovning hisoboti eshitildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati bosh mutuxassisi E.Saidovning axboroti eshitildi.

Shuningdek, kun tartibiga kiritilgan bir qator boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar tanqidiy muhokama qilinib, unda deputatlar Farhod Ibragimov, Yigitali Ruzaliyev, Nigora Muxamadiyeva, Shuhrat Ergashov, Ismoil Sodiqov, Olimjon Dadajonov, Bahodir Saydullayevlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 1