Hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma ishlari deputat nazoratida
Hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma ishlari deputat nazoratida Xalq deputatlari G‘allaorol tumani Kengashi deputati F. Bobobekov tomonidan Gulchambar mahallasi Jarbuloq qishlog'ida amalga oshirilayotgan infratuzilma ishlari o‘rganilmoqda. 🔎 Mahallada elektr ta’minoti ustunlarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. ✔️ Shuningdek, hududdagi ichki yo‘llarning holati va ularni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham nazoratga olingan. Mazkur ishlar mahallada elektr ta’minotini yaxshilash, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.