Oliy Majlis Senati a’zosi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Dilbar Suvonova hamda viloyat Kengashi deputati Muyassar Qodirovalar xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bilan hamkorlikda fuqarolar qabulini o‘tkazdilar
Oliy Majlis Senati a’zosi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Dilbar Suvonova hamda viloyat Kengashi deputati Muyassar Qodirovalar xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bilan hamkorlikda tuman aholisi uchun navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdilar.
Qabul davomida tuman hududidagi mahalla va qishloqlardan tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Murojaatlarning asosiy qismi bandlikni ta’minlash, ijtimoiy yordam olish, tibbiy xizmatlar, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kommunal sohadagi mavjud masalalarga qaratildi.
Deputatlar har bir murojaatni diqqat bilan o‘rganib, ularning aksariyatini joyida hal etish choralarini ko‘rdilar. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat'iy deputatlik nazoratiga olindi.