Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘zbek Tili: Ma’naviy Tayanch, Taraqqiyot Mezon va Zamonaviy Islohotlar
янв.21
Biriktirilgan tashkilot hamkorligi: fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati o‘rganildi
янв.21
Uzun tumanida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar atroflicha o'rganildi
янв.21
Deputat, doimiy komissiya raisi Azamjon Kamolov Uzun tumanida qurilayotgan "Afro House" turar-joy majmuasi jarayonini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova aholi xonadonidagi issiqxona faoliyati bilan tanishdi
янв.21
"Yangi O‘zbekiston qiyofasi" shiori ostida: Deputat Safargul Normurdovna Yangi yo'l mahallasidagi xonadonlarda bo‘ldi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gulmira Nurboboyeva yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova tomonidan tashkilotlarda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO NAZORATI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri deputat sifatida 11-Guliston saylov okrugidagi Guliston MFY ijtimoiy xodimi faoliyati bilan tanishdi
18-sonli maktabda “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi


Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan qonun hujjatlari ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan masalalarni tahlil qilish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish komissiya raisi X.Abdurahmonov, komissiya a’zosi G‘.Madumarov hamda deputat R.Alijonova ishtirokida Marg‘ilon shahridagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borildi.

Unda, xususan, O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 167-I-son Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan “Davlat tili haqida”gi Qonun talablarining ta’lim muassasasidagi ijrosi o‘rganildi.

Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablarida ta’lim jarayonida davlat tilidan foydalanish, ish yuritish va hujjatlarni davlat tilida rasmiylashtirish, davlat tilining amaliy qo‘llanishini ta’minlash bilan bog‘liq qator vazifalar belgilangan.

O‘rganish davomida maktabda ish yuritish va rasmiy hujjatlarning davlat tilida yuritilishi, ko‘rgazmali axborotlar hamda ta’lim jarayonida davlat tilidan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, davlat tilining nufuzini oshirish, o‘quvchilarning ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalanishini ta’minlash, o‘zbek adabiy tilining amaldagi me’yorlariga rioya etish hamda ta’lim muassasasida til madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida qonun talablarining amaliy ijrosiga alohida e’tibor qaratilib, mavjud holat yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Doimiy komissiya tomonidan qonun hujjatlarining ta’lim muassasalarida amalda qanday bajarilayotganini muntazam o‘rganib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ijro intizomini kuchaytirish masalalari deputatlik nazoratida bo‘lishi qayd etildi.

Bunday o‘rganishlar qonun talablarining qog‘ozdagi ijrosi bilan cheklanib qolmasdan, ularning kundalik faoliyatda amaliy ta’minlanishiga e’tibor qaratish, mas’ullarning javobgarligini oshirish va ta’lim muassasalarida davlat tilidan to‘g‘ri va samarali foydalanish uchun zarur sharoitlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3