Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘zbek Tili: Ma’naviy Tayanch, Taraqqiyot Mezon va Zamonaviy Islohotlar
янв.21
Biriktirilgan tashkilot hamkorligi: fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati o‘rganildi
янв.21
Uzun tumanida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar atroflicha o'rganildi
янв.21
Deputat, doimiy komissiya raisi Azamjon Kamolov Uzun tumanida qurilayotgan "Afro House" turar-joy majmuasi jarayonini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova aholi xonadonidagi issiqxona faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gulmira Nurboboyeva yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
"Yangi O‘zbekiston qiyofasi" shiori ostida: Deputat Safargul Normurdovna Yangi yo'l mahallasidagi xonadonlarda bo‘ldi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova tomonidan tashkilotlarda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri deputat sifatida 11-Guliston saylov okrugidagi Guliston MFY ijtimoiy xodimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO NAZORATI
KICHIK HAJMLI BOLALAR UYIDA YARATILAYOTGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #Sessiya_oldi_organish

KICHIK HAJMLI BOLALAR UYIDA YARATILAYOTGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

📈 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi sessiya oldidan tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, bolalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni o‘rganish yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish davomida Uchtepa tumanida tashkil etilayotgan Kichik hajmli bolalar uyida olib borilayotgan ta’mirlash va jihozlash ishlari bilan yaqindan tanishildi.

🗂 Mazkur Kichik hajmli bolalar uyi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qaroriga asosan ijtimoiy yetimlikning oldini olish, tarbiyalanuvchilarga individual yondashuv asosida oilaga yaqin muhitda g‘amxo‘rlik ko‘rsatish hamda ularni tarbiyalash xizmatini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilmoqda. Respublika hududida jami 16 ta Kichik hajmli bolalar uyini tashkil etish belgilangan bo‘lib, shundan 5 tasi Toshkent shahrida tashkil etilishi nazarda tutilgan.

📁 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2026-yil 13-fevraldagi 61-son buyrug‘iga muvofiq, Kichik hajmli bolalar uylarini joylashtirish uchun turar joylarni xarid qilish belgilangan. Shu asosda Uchtepa tumani “O‘tkir” MFY, Taqachi 1-tor ko‘chasi, 6-uy manzilidagi turar joy Kichik hajmli bolalar uyini joylashtirish maqsadida xarid qilinib, Ijtimoiy himoya milliy agentligi balansiga o‘tkazilgan.

📇 Hozirgi vaqtda mazkur xonadonda ta’mirlash hamda zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda. Uchtepa tumanidagi 8-sonli Kichik hajmli bolalar uyiga Chilonzor tumanidagi 22-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalangan 11 nafar o‘g‘il bolani joylashtirish rejalashtirilgan.

💹 Doimiy komissiyaning sessiya oldi o‘rganishi doirasida komissiya a’zolari mazkur xonadonga chiqib, bolalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’mirlash ishlari, xonalar va ularni jihozlash jarayoni bilan tanishdilar.

💼 O‘rganishda ushbu hududdan saylangan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Ibrohimjon Abdullayev, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Alisher Giyasov ishtirok etdi.

⏫️ O‘rganish davomida Kichik hajmli bolalar uyida tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz, qulay va oilaviy muhitga yaqin sharoit yaratish, yashash xonalarini zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda belgilangan talablar asosida barcha sharoitlarni hozirlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning belgilangan talablar asosida va sifatli yakunlanishi yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Mazkur o‘rganish natijalari doimiy komissiyaning sessiya oldi muhokamasida ko‘rib chiqilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilishi belgilandi.

Slide 1 of 5