Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
O‘zbek Tili: Ma’naviy Tayanch, Taraqqiyot Mezon va Zamonaviy Islohotlar
янв.21
Uzun tumanida navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar atroflicha o'rganildi
янв.21
Biriktirilgan tashkilot hamkorligi: fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati o‘rganildi
янв.21
Deputat, doimiy komissiya raisi Azamjon Kamolov Uzun tumanida qurilayotgan "Afro House" turar-joy majmuasi jarayonini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova aholi xonadonidagi issiqxona faoliyati bilan tanishdi
янв.21
"Yangi O‘zbekiston qiyofasi" shiori ostida: Deputat Safargul Normurdovna Yangi yo'l mahallasidagi xonadonlarda bo‘ldi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gulmira Nurboboyeva yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi Dilorom Safarova tomonidan tashkilotlarda qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri deputat sifatida 11-Guliston saylov okrugidagi Guliston MFY ijtimoiy xodimi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
MUROJAATLAR VA IJRO NAZORATI
Депутат назорати

Chorchinor mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi

Hududlarda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish masalalari mahalliy Kengash deputatlari tomonidan olib borilayotgan deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 8-Maorif saylov okrugida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Kengashning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi B.Obidov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Chorchinor mahallasida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar va oilalar bilan ishlash holati, ularning ehtiyojlarini aniqlash hamda mavjud ijtimoiy ko‘mak mexanizmlaridan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mahalla ijtimoiy xodimi Muhlisa Amirovaning ma’lumotiga ko‘ra, Chorchinor mahallasida 75 ta oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, 3 ta oila kambag‘allik chegarasida, 25 ta oila davlat ta’minotida, 47 ta oila kambag‘al oilalar toifasida qayd etilgan. Shuningdek, mahallada 2 nafar yakka-yolg‘iz fuqaro mavjud.

O‘rganish jarayonida ehtiyojmand oilalarning kundalik muammolarini o‘rganish bilan bir qatorda, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Jumladan, 30 ta oilaga kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgani qayd etildi.

Deputatlik o‘rganishi davomida mavjud ma’lumotlar tahlil qilinib, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar bilan ishlashni yanada manzilli tashkil etish, ularning ehtiyojlarini muntazam o‘rganib borish hamda imkon qadar oilalarning doimiy daromad manbaini shakllantirishga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettirilib, mahallada aniqlangan masalalar tegishli tartibda nazoratga olinadi.

Slide 1 of 5