📌 DEHQONARIQ MAHALLASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
➡️ Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi Kotibiyati mudiri, 6-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Boyqulov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazrov tomonidan “Dehqonariq” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
➡️ Qabul davomida mahalla fuqarolarining murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari bevosita o‘rganildi. Har bir murojaatchi bilan alohida suhbat o‘tkazilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarga aniqlik kiritildi.
➡️ Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarda, xususan, ijtimoiy masalalar, bandlik, hamda boshqa kundalik hayot bilan bog‘liq muammolar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.
➡️ Murojaatlar tinglanishi bilan cheklanib qolmasdan, har bir masalaning qonuniy va amaliy yechimini topish imkoniyatlari atroflicha ko‘rib chiqildi va vazifalar belgilandi.
🔹 HAR BIR MUROJAAT — E’TIBORDA
➡️ Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida o‘rganish, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda murojaatlarning ijrosini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
➡️ Fuqarolar bilan ochiq muloqot, murojaatlarni joyida o‘rganish va muammolarga amaliy yechim topish orqali aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.
🔘 Maqsad — murojaatni tinglash emas, uning yechimini ta’minlash!