Deputatlar tomonidan mas’ullarga:
🔹 kuz-qish mavsumida aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash;
🔹 gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash punktlarining texnik holati;
🔹 avariya holatlarini tezkor bartaraf etish imkoniyatlari;
🔹 ichimlik suvi tarmoqlarining mavsumga tayyorgarligi;
🔹 suv nasoslari va suv inshootlarining ishchi holati;
🔹 yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldini olish;
🔹 aholining murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish va muammolarni joyida hal etish
yuzasidan aniq savollar berilmoqda.
Tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan deputatlarning savollariga javoblar berilib, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan axborotlar taqdim etilmoqda.
Sessiyada asosiy e’tibor — aholi xonadonlarida kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, gaz va ichimlik suvi ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga qaratilmoqda.