35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Yangi O‘zbekiston” qiyofasi — obod mahallalarda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengashning doimiy komissiya a’zolari ishtirokida Obizarang ko‘prigining qurilish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
“Yangi O‘zbekiston” qiyofasi — obod mahallalarda
янв.21
Kambag‘allik va bandlik masalalari bo‘yicha shtab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishda deputatlik mas’uliyati: Uzun tumanida manzilli muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D. Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O'.Rajabovlar deputat sifatida Uzun tumani markazida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, zamonaviy qurilish obyektlari hamda infratuzilma loyihalari ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Muammolar manzilli o‘rganilib, vazifalar belgilandi: Tuman hokimi deputat sifatida Xabibulla Bozorov mahalla ahlining murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyat xodimi Sh.Ergasheva saylov okruklarida bo'lib eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida mahallada xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova deputat sifatida "Yoshlik" MFYda "Mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining bugungi sessiyasida ekspert guruhi a'zolari, yoshlar maslahat guruhi a'zolari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilgan.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etish uchun tuman Hududgaz ta'minot tuman filiali raxbari hamda Suvoqova tuman filiali rahbarlariga so'z navbati berildi.
Eshonguzar ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari deputatlik nazoratida
Hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va yo‘l-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda aholining haqli murojaatlari yechimini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Z.G‘ofurova, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova, Yangibogʻ va Teraktagi mahallalari raislari hamda Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi mas’ul xodimi A.Vasidjonov ishtirokida hududdagi yo‘l-ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish Marg‘ilon shahrini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosini joyida tahlil qilish maqsadida Yangibogʻ MFY va Teraktagi MFY hududidan o‘tuvchi Eshonguzar ko‘chasida tashkil etildi. Mazkur dastur Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi VII-19-9-11-168-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida Eshonguzar ko‘chasining 2,4 kilometr qismida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani, mazkur ishlarning umumiy qiymati 7 milliard 210 million so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

Biroq o‘rganish jarayonida yo‘l bo‘ylariga o‘rnatilgan beton lotoklarning faqat xonadonlarga kirish-chiqish joylarida usti yopilgani, qolgan qismlar esa ochiq holda qoldirilgani aniqlandi.

Ko‘chaning torligi va transport qatnovining yuqoriligi hisobga olinsa, ochiq qolgan lotoklar piyodalar va transport vositalari harakati uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Mazkur holat, tabiiyki, hudud aholisi tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

O‘rganish davomida fuqarolarning fikr-mulohazalari ham tinglanib, yo‘l-ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda nafaqat yo‘l qoplamasining holati, balki aholining kundalik harakati va xavfsizligi uchun zarur sharoitlarni ham ta’minlash lozimligi qayd etildi.

Aniqlangan masala yuzasidan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Z.G‘ofurova tomonidan Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida Eshonguzar ko‘chasidagi beton lotoklarning ochiq qolgan qismlari bilan bog‘liq holatni o‘rganish, fuqarolarning haqli e’tirozlarini inobatga olish hamda yo‘l infratuzilmasidan xavfsiz va qulay foydalanish uchun zarur choralarni ko‘rish masalasi ko‘tarildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik nazoratining amaliy ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatadi. Chunki hududlarda amalga oshirilayotgan har qanday bunyodkorlik va infratuzilma loyihasi, avvalo, aholining kundalik hayotiga qulaylik yaratishi va fuqarolar manfaatiga xizmat qilishi kerak.

Eshonguzar ko‘chasidagi mavjud holat bo‘yicha deputatlik so‘roviga asosan ko‘riladigan choralar va masalaning yakuniy yechimi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.
Slide 1 of 8