🏠 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan fuqaro N.A.ning oilaviy xonadoniga homiylik yordami ko‘rsatildi.
💬 Tashrif davomida oilaning sharoiti va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.
🤝 Ko‘rsatilgan homiylik yordami oilani qo‘llab-quvvatlash va uning ijtimoiy holatini yaxshilashga qaratildi.
🌱 Inson manfaatlari — doimo e’tiborda!