Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish jarayonida Kengash deputati S.Nurmamatova tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida hududda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, daromad manbalarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mavjud muammolar, ularning yechimi va fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.