35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi rahbariyati Yangi yo‘l MFY “yettiligi” faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Qonunlar taqsimoti doirasida tuzilgan so‘rovnomalar asosida: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova deputat sifatida Do‘stlik MFY “yettiligi” faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabovlar deputat sifatida o‘zlariga biriktirilgan tashkilotlar va mahalla faollari bilan hamkorlikda hududda tizimli ishlarni amalga oshirmoqdalar.
янв.21
Uzun tumani hokimi X.Sh.Bozorov deputat sifatida fuqarolar bilan uchrashdi: muammolarga manzilli yechim topilmoqda
янв.21
Guliston mahallasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining ish rejasi ijrosi: Bahoriston MFYda muhim o'rganishlar olib borildi
янв.21
Uzun tumanida "Tashabbusli budjet"ning 2026-yil 2-mavsum g‘olib loyihalari tasdiqlandi!
янв.21
Deputatlar daftari yuritilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining ish rejasi ijrosi: Guliston MFYda ham o'rganishlar davom etdi
янв.21
Hafta davomida xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi haftalik DAYJESTI ( 14-19- SENTABR)
Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari o‘rganilmoqda

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #162_ta_eng_muhim_qonun #ekspert_guruhlari #Doimiy_komissiya_nazorati

Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari o‘rganilmoqda

📈 Uchtepa tumanida aholi uchun qulay va xavfsiz transport infratuzilmasini yaratish, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash hamda yo‘l qoplamalarini zamonaviy talablar asosida saqlash va ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda.

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi III-27-28-14-202-K/26-sonli qaroriga hamda deputatlar tomonidan taqdim etilgan ro'yxatga asosan, tumandagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari, xususan, amalga oshirilgan asfaltlash ishlarining sifati va amaldagi holati o‘rganib borilmoqda.

🗂 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qarori, 2026-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda.

🕯 Ushbu hujjatlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hududlarda ichki yo‘llarning texnik holatini yaxshilash, yo‘l qoplamalarini ta’mirlash, transport va piyodalar harakati uchun qulay sharoit yaratish hamda yo‘l infratuzilmasini bosqichma-bosqich zamonaviy talablarga moslashtirish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

🗺 Joylarda amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi, navbatdagi o‘rganish Yu.Sakkokiy mahallasining Toshkandiy 1-tor hamda Sakkokiy 4-tor ko‘chalarida olib borildi.

📊 Mazkur hududlarda amalga oshirilgan asfaltlash ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, yo‘l qoplamasining bugungi holati, bajarilgan ishlarning sifati, foydalanish uchun qulayligi hamda belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi o‘rganildi.

💬 Shuningdek, yo‘llarning holati bo‘yicha mahalla faollari va aholi vakillarining fikr-mulohazalari tinglandi. Hududdagi mavjud muammolar, aholining yo‘l infratuzilmasiga oid takliflari hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

📈 O‘rganish davomida nafaqat bajarilgan ishlarning natijasi, balki ularning uzoq muddat foydalanishga yaroqliligi, aholiga yaratgan qulayligi va hududning umumiy obodonchiligi bilan bog‘liq jihatlarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari Xudayberganov Avaz Abrarovich va Djalolov Sanjar Gayratovich, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva, Ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

⚙️ Kelgusida ham tumandagi ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini nazorat qilish bo‘yicha o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5