35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi chaqirilmoqda
янв.21
Farzand tarbiyasi va qonun ustuvorligi: ota-onalar bilan ochiq muloqot.
янв.21
HUDUDDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
TIBBIYOT MUASSASALARIDA PULLI XIZMAT KO‘RSATISH TARTIBI BELGILANDI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
"Do'stlik" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
INVESTITSIYALAR VA INVESTITSIYA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
янв.21
MUSTAQILLIK VA SPORT: YUTUQLAR VA ISTIQBOLLAR
QONUN IJROSI OʻRGANILDI

 QONUN IJROSI OʻRGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati A.Dadajonov tomonidan tuman
Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati doirasida oʻziga biriktirilgan tuman
pensiya jamgarmasi boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrda
qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi
OʻRQ-938-XII-son Qonuni ijrosi oʻrganildi.
 

Oʻrganish davomida fuqarolarga pensiya tayinlash, qayta hisoblash va
toʻlash jarayonlari, pensiya oluvchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish,
pensiya tayinlashda mehnat staji hamda ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning
inobatga olinishi, shuningdek, qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan
foydalanish holatlari tahlil qilindi.
 

Shuningdek, fuqarolarning pensiya taʼminoti bilan bogʻliq murojaatlarini
oʻz vaqtida va qonuniy asosda koʻrib chiqish, fuqarolarga qonunchilikda
belgilangan huquq va imtiyozlar yuzasidan tushuntirish ishlarini muntazam olib
borish holatiga alohida eʼtibor qaratildi.
 

Oʻrganish yakuni boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolarning
pensiya taʼminotiga oid murojaatlarini qonunchilik talablari asosida sifatli va
oʻz vaqtida hal etish hamda pensiya taʼminoti sohasida aholi huquqlarini
taʼminlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 3