35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi deputat sifatida qonunlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Rajabova Yangi yo‘l mahallasida: Xonadonlar va ko‘chalar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Investitsiyalar – mamlakat taraqqiyotining muhim omili
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Yangi kuch mahallasidagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #deputat_faoliyati #162_qonun #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Qonunlar ijrosi amalda: Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish masalalari o‘rganildi

Navbatdagi o‘rganish jarayonida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda gender tenglikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 8-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati M. Ruziyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R. Mamashukurov tomonidan shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida bo‘limning xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyati, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy muammolarini aniqlash va hal etish, og‘ir vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Nazorat-tahlil ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-sonli Qonun talablari asosida tuzilgan maxsus savolnomalar orqali olib borildi.

Mazkur savolnomalar asosida bo‘lim faoliyatining qonunchilikda belgilangan vazifalarga muvofiqligi, mavjud mexanizmlarning amaliyotda qo‘llanilishi, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda ularning huquqiy himoyasini ta’minlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etildi.
Bunda asosiy e’tibor qonun hujjatlarida belgilangan talablarning faqat qog‘ozda bajarilishi emas, balki ularning hududdagi amaliy ijrosiga qaratildi. Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda mahalliy Kengash deputatlarining davlat tashkilotlari bilan hamkorligi hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu nuqtayi nazardan, deputatlar tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyatining muntazam o‘rganib borilishi qonun hujjatlari ijrosini tahlil qilish, mas’ul tashkilotlar faoliyatidagi mavjud kamchiliklarga e’tibor qaratish va aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi.
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun teng imkoniyatlar yaratish, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.

Shu bois, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini tizimli davom ettirish, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — qonun ustuvorligi, xalq manfaatlari va hudud taraqqiyoti yo‘lida!