35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi deputat sifatida qonunlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Rajabova Yangi yo‘l mahallasida: Xonadonlar va ko‘chalar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Investitsiyalar – mamlakat taraqqiyotining muhim omili
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Yangi kuch mahallasidagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #deputat_faoliyati #162_qonun #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣Kadastr sohasidagi qonunlar ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

📌 Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov Kadastr agentligi huzuridagi Davlat kadastrlari palatasining Termiz shahar filialida bo‘lib, tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
🔎 O‘rganish davomida kadastr sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarning yer va ko‘chmas mulkka oid huquqlarini ta’minlash, mavjud masalalarni qonuniy asosda hal etish hamda hududda kadastr munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
📚 Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ–937-sonli “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mazkur yo‘nalishda fuqarolarning yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda e’tirof etish bilan bog‘liq masalalar, murojaatlar va amaliy ishlar muhokama qilindi.
🗺 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 12-oktabrdagi O‘RQ–303-sonli “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.
Bunda shahar hududidagi geografik obyektlar nomlarining qonunchilik talablariga muvofiqligi, ularni tartibga solish, nomlash va qayta nomlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.
💬 Suhbat davomida deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni faqat nazorat bilan cheklab qolmasdan, mavjud muammolarni birgalikda o‘rganish, ularning qonuniy yechimlarini izlash va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
📌 Alohida e’tibor qaratilgan yo‘nalishlar:
🔹 yer uchastkalari va ko‘chmas mulkka oid huquqlarni qonuniylashtirish;
🔹 fuqarolarning kadastr masalalaridagi murojaatlarini o‘rganish;
🔹 o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ulardagi bino-inshootlar bilan bog‘liq masalalarni qonuniy tartibda hal etish;
🔹 geografik obyektlarning nomlari bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
🔹 kadastr sohasidagi ishlarni tizimli tashkil etish;
🔹 deputatlar va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish.
🤝 Hamkorlik — samarali deputatlik nazoratining muhim omili. Shu bois Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish, qonun hujjatlari ijrosini tahlil qilish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish ishlari davom ettiriladi.
🇺🇿 Qonun ustuvorligi — fuqarolar huquqlari va manfaatlarini ta’minlashning asosiy kafolati.