35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SESSIYAGA KIRITILADIGAN MASALALAR DASTLAB KENGASH RAISI RAHBARLIGIDA DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI BO‘YICHA O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
ISH REJA VA SESSIYA QARORI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA
янв.21
OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING ASOSI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi deputat sifatida qonunlar ijrosini o‘rgandi
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Rajabova Yangi yo‘l mahallasida: Xonadonlar va ko‘chalar ko‘zdan kechirildi
янв.21
Investitsiyalar – mamlakat taraqqiyotining muhim omili
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Yangi kuch mahallasidagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi
Xo‘ja Uchqun mahallasidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xo‘ja Uchqun mahallasidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalasi yuzasidan deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov tomonidan Yangihayot tumani “Xo‘ja Uchqun” mahallasidagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.A. Adilov nomiga yuborilgan deputatlik so‘rovi mutasaddi tashkilot tomonidan ko‘rib chiqildi.

📩 Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining rasmiy javobida ma’lum qilinishicha, deputatning so‘rovida ko‘tarilgan masalalar boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganilgan.

🔎 O‘rganish jarayonida “Xo‘ja Uchqun” mahallasi ko‘chalarida O‘z DSt 3283:2019 standarti talablari asosida sun’iy notekisliklar, zarur yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlari, tezlikni cheklovchi texnik vositalar hamda piyodalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan muhandislik inshootlarini o‘rnatish yuzasidan deputatlik so‘rovida bildirilgan takliflar ko‘rib chiqilgan.

🛣 Rasmiy javobda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-117-sonli “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga havola qilinib, avtomobil yo‘llarida yoki ularning ayrim uchastkalarida harakatlanishni cheklash yoxud taqiqlash masalalari mazkur avtomobil yo‘llari qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, ularning vakolati doirasida amalga oshirilishi belgilanganligi ma’lum qilingan.

📁 Shu asosda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.A. Adilov tomonidan taqdim etilgan javobda “Xo‘ja Uchqun” mahallasi ko‘chalarida transport vositalari harakat tezligini cheklash yoki har qanday to‘siqlarni o‘rnatish masalasi Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining bevosita vakolat doirasiga kirmasligi bildirilgan.

⚠️ Shu bilan birga, deputatlik so‘rovining asosiy maqsadi hududdagi transport oqimi ortishi fonida fuqarolar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda mahallada xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan.

🤝 Mazkur masala deputat Suhrob Saifnazarov tomonidan nazoratda saqlanib, “Xo‘ja Uchqun” mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli tashkilotlar bilan tegishli choralarni ko‘rish masalasi davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1