Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Yulchiyev hududdagi ko‘cha boshilari bilan uchrashib, ichki yo‘llarning holati hamda elektr uzatish tarmoqlari ustunlaridagi mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rgandi.
O‘rganish davomida aniqlangan muammolar “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi. Ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar belgilandi.