O‘rganish davomida:
ichki ko‘chalarga shag‘al va asfalt yotqizish ishlari;
tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifati hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida mas’ul tashkilotlar bilan muloqot o‘tkazilib, ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish ustuvor vazifalardan biridir.