️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 9-Obod saylov okrugidan saylangan deputat B.Yusupov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norov tomonidan saylov okrugidagi elektr transformatorlarining joriy ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida transformatorlarning texnik holati, amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining sifati hamda aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, elektr tarmoqlarining ishonchli faoliyatini ta’minlash va kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✔️Bunday o‘rganishlar saylovchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, elektr ta’minoti sifatini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.