Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev Andijon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i Q. Tojidinov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan hududlarda aholi muammolarini o‘rganish jarayonlarida SEO va JSO bo‘limi mutaxassislarining faol ishtirokini ta’minlash hamda aniqlangan muammolarni belgilangan tartibda bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.
Shuningdek, shahardagi yer osti yo‘laklari hamda ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida reja-grafik asosida dezinfeksiya ishlarini muntazam amalga oshirish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.