Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat hududda: Yoshlarning yozgi ta’tili qanday tashkil etilmoqda?
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toshboyev "Serxarakat" mahallasida bo‘ldi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalla boshqaruvi samarali tashkil etiladi
янв.21
Kotibiyat mudiri O‘.Rajabov davlat dasturlari ijrosini joyiga chiqib o‘rgandi
янв.21
Hokim va Deputat Muloqoti: Fuqarolar Murojaatlari E’tiborda!
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Uzun tumanidagi bitiruvchilarga diplomlarni tantanali ravishda topshirdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 13-17-iyul kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:
янв.21
Aholi bandligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-son Farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi muhokama qilindi.
Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Saidov San’at Qutlimuratovich axborot berdi.
Ta’kidlanganidek, jamg‘arma mablag‘larini tumandagi infratuzilmani yaxshilash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Xususan:
🔹 mahallalarda videokuzatuv tizimlarini kengaytirish, zamonaviy kuzatuv qurilmalarini o‘rnatish, ko‘chalarni tungi yoritish, PTZ kameralari va domofon tizimlarini joriy etish hamda "Namunaviy xavfsiz ko‘cha" va "Namunaviy xavfsiz uy" loyihalarini amalga oshirish uchun 500 million so‘m;
🔹 tumanning markaziy ko‘chalari va ko‘p qavatli uylar hududlarini qo‘shimcha tungi yoritish chiroqlari bilan ta’minlash uchun 100 million so‘m;
🔹 kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan, nogironligi bo‘lgan fuqaro Matmuratov Farxod Allaberganovichning yashash uyini qayta qurish ishlari uchun 200 million so‘m mablag‘ ajratish taklif etildi.
Muhokamalar davomida xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi G. Dosova ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, mablag‘larni belgilangan yo‘nalishlarga ajratish tumanning ijtimoiy infratuzilmasi va fuqarolar farovonligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
✅ Sessiya yakunida mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.