Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
YANGI IQTISODIY DAVR STRATEGIYASI: GLOBAL INVESTITSIYALAR VA MINTAQAVIY TARAQQIYOT UYG‘UNLIGI
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibida: Uzun tumanida “Mahalla budjeti” tizimining ijrosi deputatlar va ekspertlar nigohida
янв.21
📌 QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyati va mahalla hayoti e’tibor markazida
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati diqqat markazida: "Istiqlol" mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MUHIM HUQUQIY ASOS
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati
янв.21
#Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
янв.21
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH – MILLAT GENOFONDI VA KELAJAGINI ASRASH DEMAKDIR!
Obodlik — har bir xonadonda: "jo‘yjangal" mahallasidagi ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichda
Mas’ullar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori asosida uy-joyi ta’mirlab berilgan fuqaro D.Karimovaning xonadoniga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida deputatlar bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarini har tomonlama tahlil qildilar:

Sifat nazorati: Devorlarning pardozlanishi, sifatli eshik va romlarning o‘rnatilishi;
Qulayliklar: Xonadonda yashash uchun yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar darajasi;
Muhandislik va loyiha: Pudratchi tashkilot tomonidan bajarilgan ishlar tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va qurilish me’yorlariga mosligi.

"Kengash qarorlari bilan ajratilgan har bir so‘m mablag‘ oilalar turmush sharoitini haqiqatda yaxshilashi, ularning yashash tarzini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishi shart!" — dedi Kengash raisi D.Normuradova.

Deputatlar mazkur xonadondagi ishlarni to‘liq qoniqarli deb topish bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning uy-joy masalalari to‘liq hal etilguniga qadar nazoratni qat’iy davom ettirishlarini ta’kidladilar.
Slide 1 of 2