Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

Deputat mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Sh.Raxmonov bugun 11-“Chaqar” saylov okrugiga qarashli “Chaqar” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligining ish samaradorligi va aholi muammolarini hal etish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Muloqot davomida mahalla yettiligi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash tizimi tahlil qilindi.

Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda kelgusidagi dolzarb vazifalar yuzasidan mahalla mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Deputat tomonidan ijrosi nazoratga olinadigan masalalar belgilab olindi.