🛣️ ICHKI YO‘LLARNI TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov tomonidan “Poshxurt” mahallasida ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.
🔍 O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori hamda “Sherobod tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi tegishli qaror ijrosi doirasida amalga oshirildi.
🚜 Deputat tomonidan hududdagi ichki yo‘llarning holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
💬 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ishlar sifatini yanada oshirish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan zarur ko‘rsatmalar bildirildi.
✅ Hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.