Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 25-26-may kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlarining 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvaliga muvofiq uchrashuvlarni tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputalari o‘z saylangan okrugi hududidagi mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv va qabullar, o‘rganishlar olib borish va ijtimoiy tarmoqlarda, televidiniye, radio va bosma nashrlarda haftalik chiqishlari yuzasidan reja-jadval asosida ishlarni amalga oshirish.
Mas’ul: Sh.Ergasheva
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Uzun tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi asosida nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish.
Mas'ul: B.Toshboyev
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi KQ-35-V-sonli qarori asosida deputatlarning "mahalla yettiligi" bilan hamkorlik faoliyatiga ko'maklashish va natijasini ijtimoiy tarmoqlarda ommaga yoritish.
Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi: Sh.Ergasheva
Hafta so'ngida Kengashning haftalik dayjestini ijtimoiy tarmoqlarda yoritish, Kelgusi hafta uchun Kengash ish rejasini ishlab chiqish.
Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi: Sh.Ergasheva