Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytiriladi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TUMAN TASHKILOTLARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI
янв.21
24 ta tavsiya amalda: Deputatlar yangi maktab qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi nazoratda: Uzun tumanida “Ochiq budjet” loyihalari ijrosi oʻrganilmoqda
янв.21
"Beshkapa" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 18-Oqostona saylov okrugidan saylangan deputat Azamjon Kamolov 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Xalq manfaati yo‘lida: Fuqarolar qabuli va saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
Uzun tumani Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari harbiy qismda oʻtkazilgan “Eng faol harbiy kitobxon” tanlovida ishtirok etishdi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: "Ochiq budjet" loyihalari ijrosi o‘rganildi
DEPUTAT VA YOSHLAR YETAKCHISI HAMKORLIGI KELAJAK REJALARI BELGILANDI

Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash ularning muammolarini hal etish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi Bu borada mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining o‘rni beqiyosdir. Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashidagi 12- Bunyodkor saylov okrugidan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi tomonidan saylangan deputat Jumayeva Feruza Ro‘ziyevna Mirsaid Bahrom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib u yerdagi yoshlar yetakchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Deputat va yoshlar yetakchisi o‘rtasidagi uchrashuv muloqot hamda tahlillarga boy bo‘ldi. O‘rganishlar davomida mahalladagi ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish va kasb hunarga o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hisoboti ko‘rib chiqildi. Shuningdek yoshlarning kitobxonlik sport va axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish besh muhim tashabbus doirasidagi to‘garaklar faoliyati hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish tizimi atroflicha tahlil qilindi.

Uchrashuv davomida deputat Feruza Jumayeva mahalladagi yoshlar yetakchisi davlat va yoshlar o‘rtasidagi oltin ko‘prik ekanligini ta’kidladi. Bugun Mirsaid Bahrom mahallasida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yaxshi tizim shakllangan bo‘lsada, oldinda qilinadigan ishlar hali ko‘pligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda yoshlar tomonidan bildirilgan yangi taklif va tashabbuslarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha istiqboldagi rejalar belgilab olindi. Deputat tomonidan mahalla yetakchisiga kelgusidagi faoliyatida qonunchilik imkoniyatlaridan unumli foydalanish va yoshlar muammolarini hal etishda doimiy ko‘mak berilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2