“Zartepa” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktika ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev hamda Kengash deputati N. Alimovlar “Zartepa” mahallasida bo‘lib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududida jinoyatchilikning oldini olish, mavjud huquqbuzarliklarni bartaraf etish hamda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, profilaktika ishlarini samarali tashkil etish hamda aholi bilan manzilli ishlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganish ishlari mahallada jinoyatchilikni kamaytirish va xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#K_Muhammadiyev_N_Alimov