Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kun tartibiga Vobkent tumanida suv resurslarini boshqarish, suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish holati boʻyicha 2026-yil I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar haqidagi masala atroflicha muhokama qilindi.

 Yigʻilishda doimiy komissiya aʼzolari J.Gaparov, M.Nurmuxammedova, N.Rustamov va Kotibiyat mudiri M.Naimova hamda xodimlari ishtirok etdi. Masala
yuzasidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori B.Mirjonov hisoboti tinglandi. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi balansida jami 182,43 km uzunlikdagi xoʻjaliklararo kanallar mavjud boʻlib, ushbu kanallarda jami 19 ta gidrouzellar joylashgan. Mazkur, gidrouzellarda 90 dona gidrotexnik inshootlar va 90 dona gidropostlar (suv oʻlchash postlari) mavjud. Tumanda klaster va fermer xoʻjaliklari hisobidagi ichki sugʻorish tarmoqlarini betonlashtirish 217 km rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda 68 km qismi betonlashtirildi, hozirda qolgan 149 km qismida betonlashtirish ishlari davom etmoqda. Tuman chegarasida novegitatsiya mavsumida 212,9 mln.m3 limit ajratilgan, shundan 2026-yil hosili uchun 6661 gektar gʻalla maydonlarida sugʻorish ishlari uchun isteʼmolchilarga oʻz vaqtida va sifatli suv yetkazib berilgan. 4073 gektar aholi tomarqalarida hamda 5737 gektar boshqa ekin maydonlarini sugʻorish ishlarini amalga oshirish uchun oʻz vaqtida va sifatli suv yetkazib berilmoqda. Ushbu yetkazib beriladigan suvning 12 foyizi zovurlardan va 14 foyizi sugʻorish quduqlaridan olinishiga erishilgan. 

Tumanda joriy yil davomida jami 145,240 mln.m3, shu jumladan, dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yerlariga 19,948 mln.m3, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari etishtiruvchilar (suv isteʼmolchilar)ga 125,292 mln.m3 suv resurslari ajratilishi kutilmoqda. 

Joriy yilning I chorak davomida suv isteʼmolchilariga 82,8mln.m3 rejalashtirilgan boʻlib, amalda 81,9 mln.m3 suv isteʼmol qilingan. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qaroriga asosan 2026-yilda tumandagi sugʻoriladigan ekin maydonlarida jami 3570 gektar maydonlarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etish rejalashtirilgan. Shundan, 250 gektar gʻalla maydonlarida yomgʻirlatib sugʻorish, 680 gektar paxta maydonlarida, 30 gektar bogʻ maydonlarida va 50 gektar boshqa ekin maydonlarida tomchilatib sugʻorish 250 gektar paxta maydonlarida diskret sugʻorish, 190 gektar paxta maydonlarida plyonka toʻshab sugʻorish, 120 gektar paxta maydonlarida egiluvchan quvur yordamida sugʻorish, 2000 gektar ekin yerlarini lazerli tekislash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. 

Yigʻilishda doimiy komissiya aʼzolari J.Gaparov, M.Nurmuxamedovalar tomonidan kun tartibidagi masalalar borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.   

Slide 1 of 12