Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HAFTALIK DAYJEST: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi faoliyati
янв.21
O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputalik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: "Obod-yurt" mahallasida yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlandi.
янв.21
Milliy tilimiz – millat ko‘zgusi: 14-sonli MTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
JINOYATCHILIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ
янв.21
Navro‘z mahallasida "Kelajak soati": Deputatlar maktab hayoti bilan tanishdi
янв.21
Deputatlar tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Doimiy komissiya faoliyati
янв.21
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”
Chinoz tumani. Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi

📝O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga muvofiq, hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumanida 2026-yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olinganligi ma'lum bo'ldi.

♻️Mazkur rejaga ko‘ra, 2026-yil davomida jami 28 101 nafar aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish ko‘zda tutilgan. 

Jumladan:

🔹Doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha – 4 039 ta;

🔹“Loyihaviy yondashuv” va infratuzilma loyihalari orqali – 18 743 ta;

🔹Ish o‘rinlarini “soya”dan chiqarish hisobiga – 5 319 ta.

🔷2026-yilning yanvar–mart oylari davomida tumanda 4 690 nafar aholi bandligini ta’minlash rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 5 252 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Bu esa belgilangan rejaning 112 foizga bajarilganini ko‘rsatadi.

📌Xususan:

🔹Doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish: reja 615 ta, amalda 706 ta (114,8%);

🔹Ish o‘rinlarini “soya”dan chiqarish: reja 915 ta, amalda 1 776 ta (194,1%);

🔹Aholi daromadlarini oshirish orqali bandlikni ta’minlash: reja 3 160 ta, amalda 2 770 taga (87,7%) bajarilgan.

❇️Shuningdek, mazkur qaror ijrosini ta’minlash doirasida hokim yordamchilariga 2026-yilda o‘zini o‘zi band qilish orqali aholini tadbirkorlikka jalb etish vazifasi yuklatilgan.

✅Yuqoridagilarga ko‘ra, joriy yilning yanvar–mart oylari davomida tashkil etilgan 5 252 ta ish o‘rni bo‘yicha ma’lumotlar mas’ul tashkilotlar tomonidan yangiish.mehnat.uz platformasiga to‘liq kiritilgan.

Slide 1 of 4