Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tuman Kengashi va "Madad" muassasasi: Aholiga huquqiy koʻmak berishda hamkorlik kuchaytiriladi.
янв.21
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI TUMAN TASHKILOTLARI FAOLIYATI BILAN YAQINDAN TANISHDI
янв.21
24 ta tavsiya amalda: Deputatlar yangi maktab qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi
янв.21
"Beshkapa" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
“Xalqparvar” komissiyasi nazoratda: Uzun tumanida “Ochiq budjet” loyihalari ijrosi oʻrganilmoqda
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 18-Oqostona saylov okrugidan saylangan deputat Azamjon Kamolov 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Xalq manfaati yo‘lida: Fuqarolar qabuli va saylovchilar bilan ochiq muloqot
янв.21
Uzun tumani Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari harbiy qismda oʻtkazilgan “Eng faol harbiy kitobxon” tanlovida ishtirok etishdi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: "Ochiq budjet" loyihalari ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 26-“Yangi obod” saylov okrugi deputati G.Paygamova tomonidan "To‘g‘onboshi" mahallasida uchrashuv tashkil etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 26-“Yangi obod” saylov okrugi deputati G.Paygamova tomonidan "To‘g‘onboshi" mahallasida "mahalla yettiligi" a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv tashkil etilishiga Kengash kotibiyati bosh mutahassisi X.Abdullayev tomonidan ko'maklashildi.

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan muhokamalar olib borildi. Xususan, xokim yordamchisi I.Baratov bilan hamkorlikda xududidagi Parpashabof ko‘chasida faoliyat ko‘rsatuvchi D.Meliqo‘ziyevga va D.Fayzimatovaga tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun imtiyozli kredit ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek "Ozod yurt" ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi va "Qutlug‘ qadam" ko‘chasidagi 12-ta sim yog‘ochlarni, yangi simyog‘ochlarga almashtirish masalasida tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanib masala mazmunan ijobiy xal etildi

Slide 1 of 6