Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

⚡️ Deputatlik so‘rovi asosida amaliy ishlar bajarildi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 1-Yangiturmush saylov okrugidan saylangan deputati S. Eshonqulov tomonidan Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur deputatlik so‘rovida Sherobod tumani “Uzunsoy” mahallasining “Egarchi” va “Laylagon” qishloqlari orasidagi 5 km uzunlikdagi avtomobil yo‘li ta’mirtalab holatda ekanligi qayd etilib, ushbu yo‘lni ta’mirlab berishda amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘tarilgan.

Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, korxona xodimlari tomonidan 75V029 M39 avtomobil yo‘lining (1380-km dan) Egarchi qishlog‘i – Xatak qishlog‘i avtomobil yo‘lining 6-, 7-, 8-, 9- va 10-km qismlarida joriy ta’mirlash hamda yamoq ishlari bajarilgan.

Shuningdek, 75V029 M39 avtomobil yo‘lining (1380-km dan) Egarchi qishlog‘i – Xatak qishlog‘i avtomobil yo‘li

2025–2026-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-dekabrdagi 723-sonli qaroriga muvofiq, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan Surxondaryo viloyatida qurilishi rejalashtirilgan sement-beton qoplamali avtomobil yo‘llari davlat dasturiga kiritilgan bo‘lib, mazkur yo‘lning 13 km qismi qurilishi belgilangan.

Hozirgi vaqtda ushbu loyiha bo‘yicha tender savdolari e’lon qilinganligi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 4