Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT VA KENGASH KOTIBIYATI MAS’ULI ISHTIROKIDA “MAHALLABAY” TIZIMI TAHLIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: AJRATILGAN KREDITLAR VA AHOLI BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
MAKTABDAGI SPORT SHAROITLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat va Kengash kotibiyati: Mahalla ravnaqi yo‘lida hamkorlikda
янв.21
Burch, jasorat va matonat — xalq xotirasida
янв.21
7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
DEPUTATNING G‘ALABASI — JAMIYAT FAOLIYATINING KO‘ZGUSI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATLARNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANMOQDA
янв.21
Deputat so‘rovi natijasi: 7-sonli maktabda yangi sport zal qurilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Deputatlar qarori — amalda: Uzun tumanidagi "Shodlik" bog‘i yangi qiyofaga kirmoqda!
Yakkavut MFYda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi targ‘iboti bo‘lib o‘tdi.

Tumandagi Yakkavut mahalla fuqarolar yig‘inida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturining mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish yuzasidan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi T.Soliyev, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari V.Sodiqov hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari E.O‘lmasbekov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Davlat dasturini joriy yilda samarali amalga oshirish, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, jamiyatda ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Slide 1 of 4