Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
янв.21
O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlari yangi bosqichda
янв.21
DEPUTAT MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBATLARI O‘TKAZILDI
янв.21
MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMAN KENGASHI DEPUTATI TUMANDAGI 37-MAKTABDA BO‘LDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMANI KENGASHI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTATLAR O‘Z SAYLOVCHILARIGA AXBOROT BERMOQDA
“Dilkusho” mahallasida yangi rais saylandi

 “Dilkusho”
mahallasida yangi rais saylandi
 

  

🔷 Mahallani
qadriyatlar beshigi deb atashimizning asosiy sabablaridan bir bu har birimizning
bolaligimizning go‘zal xotiralari bilan bog‘liqligida hamda
ko‘p asrlar davomida yosh avlodni munosib tarbiyalashga yordam beradigan, xalqimizning azaliy
qadriyatlarini hamda bugungi holatini o‘zida mujassamlashtirgan muqaddas maskan
hisoblanadi. Shuningdek, mahalla – hokimiyat bilan kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni
tartibga soluvchi, jamiyatda barqarorlik, osoyishtalik hamda totuvlikni ta’minlashga
xizmat qiladigan noyob tuzilma, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyaev: "Mahallalar – davlatimizning eng
katta zamini", deb ta’kidlaganlari ham bejiz emas.
 

  

🔷
Ana shunday muqaddas maskanda munosib nomzodning rais bo‘lishi muhim ahamiyatga
egadir.
Joriy yilning 1-may sanasidan boshlab, mamlakatimizning barcha hududlarida
mahalla raislari saylovi boshlandi. Mana shunday siyosiy jarayonni
Farg‘ona tumanining “Dilkusho” mahallasida 2025-yil
1-may kuni ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazildi.
 

  

🔷 Saylovni
belgilangan tartibda o‘tishini
ta’minlash maqsadida fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va
o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat komissiyasi rais o‘rinbosari Ilxom Nosirov,
ko‘maklashuvchi tuman komissiya a’zolari va hudud deputati Ozodaxon Dadajonova,
O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimovlar ishtirok
etdi.
 

  

🔷 Ovoz berish jarayoni yashirin ovoz berish tartibida tashkil
etildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini ishtirokchilariga sanoq komissiyasi tomonidan
saylov byulletenlari tarqatildi. Byulletenlar yashirin ovoz berish kabinasida to‘ldirilib,
belgilangan saylov qutilariga tashlandi.
Ovoz
berish yakunlangach, sanoq komissiyasi tomonidan saylov qutilari ochilib, har bir
nomzod bo‘yicha ovozlar sanab chiqildi. Saylov natijalari bo‘yicha mahalla fuqarolar
yig‘inida tegishli qaror qabul qilindi va raislik qiluvchi tomonidan rasmiy tarzda
e’lon qilindi.
 

  

🔷 Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan Xalimov
Abduborik Abdumalikovich “Dilkusho” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga saylandi.
 

   

Slide 1 of 9