Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,
янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
QIZILTEPADA "YASHIL MAKON"LAR KO‘PAYMOQDA

QIZILTEPADA "YASHIL MAKON"LAR KO‘PAYMOQDA

Bugun erta tongdan 1000 ga yaqin qiziltepalik nuroniylar, deputatlar, yoshlar, tashkilotlar rahbar va xodimlaridan iborat keng jamoatchilik M-37 xalqaro avtomagistral yo‘lining Qiziltepa tumaniga kirish qismida jam bo‘lishdi.

Bu yerda "Yashil makon" umumilliy dasturi doirasida ko‘chatlar ekish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir avvalida tuman hokimi Bekzod Bobomurodov so‘zga chiqib, ushbu loyihaning mamlakatimiz, shu jumladan, tumanimiz ekologik holati barqarorligi uchun muhim ekanligi, "Yashil makon"larni yaratishda har bir tumandoshimiz faol bo‘lishi va bunga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Jarayonda ezgu tilaklar bildirilib, duoga qo‘l ochildi va yaxshi niyatlar ila ko‘chatlar ekilishiga start berildi.

Umuman olganda, ushbu yo‘l yoqasida joriy mavsum uchun 80 gektar maydonda "Yashil makon"lar tashkil etishga tayyorlangan bo‘lib, bugun ushbu maydonlarning 20 gektariga Qiziltepaga iqlimiga mos 25 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Tadbirga 50 dan ortiq texnikalar jalb etildi.

Slide 1 of 10