O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan hamda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatishga xizmat qiladigan loyihalar ko‘zdan kechirildi. Jumladan:
🔹 "DOCTOR DDD" MCHJ tomonidan apteka va tibbiy xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish;
🔹 YATT "BO‘TAYEVA MUXTASAR" tomonidan xususiy uy bog‘chasini tashkil etish;
🔹 "BAGDAD TRADE COMPEX" MCHJ tomonidan tantanalar saroyini barpo etish loyihalari bilan tanishildi.
O‘rganish jarayonida loyihalarning amalga oshirilish holati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda ularning aholi bandligini ta’minlash va xizmatlar ko‘lamini kengaytirishdagi ahamiyati yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✅ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirish, investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.