Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,
янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Uchtepada sport infratuzilmasi rivoji

“Uchtepada sport infratuzilmasi rivoji - davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida yangi bosqich”

🇺🇿 Parlament komissiyasining 2022-yil 22-avgustdagi 23-son qarorining 2-ilovasiga muvofiq, davlat ijtimoiy buyurtmasi — davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida shartnoma asosida ijtimoiy va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan muhim mexanizm hisoblanadi. Ushbu tizim ochiqlik, shaffoflik va tanlov asosida amalga oshirilishi bilan ahamiyatli bo‘lib, jamoatchilik ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

🔺 Mazkur tartib asosida Uchtepa tumani hokimligi tomonidan 1 ta davlat ijtimoiy buyurtmasi ajratilib, uning umumiy qiymati 2,0 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Loyiha doirasida Uchtepa tumanidagi 2-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi hududini tubdan yaxshilash ko‘zda tutilgan. Jumladan, hududga zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatish, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida panjara bilan o‘rash, trenerlar uchun barcha qulayliklarga ega alohida bino barpo etish hamda sport bilan shug‘ullanayotgan yoshlar uchun kiyinish va cho‘milish xonalarini o‘z ichiga olgan zamonaviy inshoot qurish rejalashtirilgan.

👁 Ushbu loyiha yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda hududda zamonaviy sport infratuzilmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📊 Loyiha yuzasidan Toshkent shahar hududiy komissiyasi ishtirokida ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida mavjud sharoitlar atroflicha tahlil qilinib, loyihani samarali va sifatli amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqildi. Mazkur ishchi guruhga Uchtepa tumani hokimi Bunyod Mamadjanov, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, tuman hokimi o‘rinbosari Oybek Raxmonberdiyev hamda boshqa tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamrohlik qilishdi. Ularning ishtirokida loyihaning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilib, uni qisqa muddatlarda va belgilangan talablar asosida amalga oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔼 Natijada mazkur davlat ijtimoiy buyurtmasi Uchtepa tumanida sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yoshlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda sog‘lom jamiyat barpo etishga xizmat qiladigan muhim loyihalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Slide 1 of 9