Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mavlonov A'zam Qarshiyevich Katta Xirmontepa mahallasida mahalla raisi M. Kosimov bilan birgalikda 8, 8/1, 8/2 va 8/3-sonli ko‘p qavatli uylar atrofidagi yo‘laklarning holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida mazkur hududdagi yo‘laklar ta’mirtalab holatda ekanligi aniqlandi.
Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida tegishli tashkilotga amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha deputatlik so'rovi kiritildi.
Mazkur masala nazoratga olindi.