Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
янв.21
O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlari yangi bosqichda
янв.21
DEPUTAT MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBATLARI O‘TKAZILDI
янв.21
MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBAT O‘TKAZILDI
SHO‘RCHIDA RENOVATSIYA VA ZAMONAVIY BOSHQARUV: DEPUTATLAR PQ-48-SONLI QAROR IJROSINI O‘RGANMOQDA

     Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori aholi farovonligini oshirishda yangi bosqichni boshlab berdi. Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi kotibiyati hamda Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan ushbu qaror ijrosi yuzasidan keng ko‘lamli o‘rganishlar o‘tkazildi. 

Infratuzilma —e’tibor markazida

   O‘rganishlardavomida asosiy e’tibor ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlaridagi infratuzilmani yaxshilashga qaratildi. Dastur doirasida tumandagi mavjud uylarning atrofida bolalar maydonchalari qurish, tungi yoritish tizimlarini yangilash, ichki yo‘laklarni betonlashtirish va umumiy foydalanishdagi obektlarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha takliflari ko‘rib chiqildi. 

“Maqsadimiz — faqat uy qurish emas, balki aholi uchun munosib yashash muhitini yaratish.PQ-48-sonli qaror bu borada boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatini yangi sifat darajasiga ko‘tarish imkonini beradi,” — deydi doimiy komissiya a’zolari.

    Ma’nan eskirgan uylar o‘rnida zamonaviy binolar 

    Deputatlar guruhi tomonidan tumanda yangidan ko‘p kvartirali uylar qurish bo‘yicha takliflar ham atroflicha tahlil qilindi. Xususan, Sho‘rchi shahri markazidagi ma’nan eskirgan, foydalanish muddati o‘tab bo‘lingan uylarni renovatsiya qilish masalasi o‘rganildi. 

   Bunda asosiy tamoyil etib quyidagilar belgilandi:

  • Energiya tejamkorlik: Yangi quriladigan 5 qavatli va undan yuqori uylar zamonaviy izolyatsiya tizimlariga ega bo‘lishi; 
  • Ijtimoiy himoya: Eski uylar o‘rnida yangi uy qurayotgan investorlar zimmasiga aholini vaqtincha ijara turar joyi bilan ta’minlash va yangi binodan tayyor xonadonlar ajratish majburiyatini yuklash. 

     Kelajak rejalari

     O‘rganish yakunlari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan tuman hokimligi va tegishli qurilish tashkilotlariga infratuzilma loyihalarini jadallashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Sho‘rchi tumanining me’moriy qiyofasini zamonaviylashtirish, “Obod mahalla” tamoyillari asosida ko‘p qavatli uylar fondini rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. 

     Bu kabi o‘rganishlar nafaqat qaror ijrosini ta’minlaydi, balki xalq deputatlarining saylovchilar dardu tashvishi bilan bevosita shug‘ullanishiga, tumandagi iqtisodiy islohotlarning natijadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1