Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
янв.21
O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlari yangi bosqichda
янв.21
DEPUTAT MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBATLARI O‘TKAZILDI
янв.21
MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBAT O‘TKAZILDI
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — aholi salomatligini muhofaza qilish 🏥, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiyot muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat. Shu maqsadda belgilangan tavsiyalar asosida Andijon viloyatidagi "Andijon viloyat Ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi" ga deputatlar guruhi bilan o‘rganish va amaliy tanishuv tashrifi amalga oshirildi.

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — aholi salomatligini muhofaza qilish 🏥, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiyot muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat. Shu maqsadda belgilangan tavsiyalar asosida Andijon viloyatidagi "Andijon viloyat Ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi" ga deputatlar guruhi bilan o‘rganish va amaliy tanishuv tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida shifoxonaning barcha yo‘nalishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi 🏢. Avvalo, bemor bolalarga ajratilayotgan bepul dori-darmon vositalarining mavjudligi 💊, ularning saqlanish sharoiti va bemorlarga yetkazilish tartibi o‘rganildi. Mas’ullar tomonidan bepul berilayotgan dori vositalari ro‘yxati hamda ularning hisob-kitobi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Alohida e’tibor shifoxonada joriy etilgan onlayn navbatga yozilish tizimiga qaratildi. Fuqarolar uchun qulaylik yaratish, ortiqcha navbatlarning oldini olish va shaffoflikni ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi 🗂.

Shuningdek, bemorlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan sharoitlar — palatalarning jihozlanishi 🛏, yotoq o‘rinlari, tozalik darajasi, ichimlik suvi va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi alohida nazorat qilindi ✅ Muolaja xonalari, diagnostika bo‘limlari hamda sterilizatsiya uskunalarining ishlash holati ko‘zdan kechirilib, tibbiy jihozlarning zamonaviyligi va ulardan foydalanish samaradorligi o‘rganildi .

📚 Shifoxonada nafaqat davolash, balki ta’lim ham davom etadi ✨. Deputatlar guruhi shifoxonada faoliyat yuritayotgan “Mehrli maktab” bilan ham yaqindan tanishdi 👩‍🏫.

Mazkur maktabda uzoq muddat davolanayotgan bolalar uchun umumta’lim maktablari dasturi asosida darslar tashkil etilgan.

✏️📘 Shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan holda, bolajonlar bilim olishdan ortda qolmayapti 🌟.

Deputatlar bemor bolalar holidan xabar olib 🤍, ularning ota-onalari bilan muloqot qildilar. Tibbiy xizmat sifati, shifokorlar muomalasi hamda yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr va takliflar eshitildi 📋. Bildirilgan murojaatlar va aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib 📝, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Mazkur o‘rganish ishlari tibbiyot sohasida ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash 🔎, bolalar salomatligini yanada mustahkamlash 💙 hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7