Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,
янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar o'rganildi.

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganish olib borildi

Mahalliy Kengash deputatlarining faoliyatida aholining turmush sharoitini yaxshilash, davlat xizmatlarining sifati va qulayligini oshirish, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini ta’minlash muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda, Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida deputat markazda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish jarayonlari, navbatlarni elektron tartibda boshqarish tizimi, shuningdek, aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish chog‘ida deputat aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlar ko‘rib chiqilishining tezkorligi, nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilgan imkoniyatlar hamda aholining murojaatlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni alohida ko‘zdan kechirdi.

Deputat N.Ochilova markaz xodimlari bilan suhbatlashib, ularning faoliyatidagi muammolar va takliflarni eshitdi. Shuningdek, davlat xizmatlarini yanada soddalashtirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi. 

Slide 1 of 3