Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
янв.21
O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlari yangi bosqichda
янв.21
DEPUTAT MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBATLARI O‘TKAZILDI
янв.21
MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMAN KENGASHI DEPUTATI TUMANDAGI 37-MAKTABDA BO‘LDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMANI KENGASHI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTATLAR O‘Z SAYLOVCHILARIGA AXBOROT BERMOQDA
Munosabat

IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim voqea sifatida tarixda qoladigan tadbir bo‘ldi. Jahonning 100ga yaqin mamlakati vakillari, xalqaro tashkilotlar, biznes olami etakchilari bu forumda ishtirok etishi — mamlakatimizga bo‘lgan ishonch va qiziqishning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Forum avvalida, Prezident jahondagi keskin geosiyosiy vaziyatni ochiq va real baholadi. Qurollanish poygasi, xalqaro huquq normalarining inkor etilishi, oziq-ovqat xavfsizligi va iqlim muammolarining yetarlicha e’tiborsiz qolishi — insoniyatning umumiy muammosiga aylanganini qayd etdi. Bu vaziyatda tinchlikni saqlash va barqaror taraqqiyotni ta’minlashda investisiya, muloqot va adolatli yondashuvlar asosiy omil bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Afg‘onistondagi vaziyatga ham alohida to‘xtalib, uni xalqaro maydondan chetlatmaslik, aksincha, iqtisodiy rivojlanish yo‘liga olib chiqish zarurligini bildirdi.

Investitsiya muhitini yaxshilash va iqtisodiyotning yangi drayverlarini joriy etish bo‘yicha to‘rtta asosiy yo‘nalish belgilandi. Birinchisi – “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘lib, bu borada 6 milliard dollarlik investisiya jalb qilingan. Elektr energiyasini qayta tiklanuvchi manbalar hisobiga ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari yil sayin oshmoqda. Ikkinchi yo‘nalish – raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt. IT eksporti o‘smoqda, “data markaz”lar, milliy AI modeli, “Bir million sun’iy intellekt etakchilari” loyihasi – barchasi raqamlashgan dunyoda O‘zbekistonning etakchi o‘rin egallashga intilayotganini ko‘rsatadi.

Investorlar uchun kafolatlar va qulay muhit yaratish ham nutqning eng muhim nuqtalaridan biri bo‘ldi. “Milliy rejim”, “yagona darcha” tamoyili, ortiqcha tekshiruvlardan himoya qilish tizimi, xususiylashtirish jarayonlari — barchasi investorning manfaatlarini kafolatlashga qaratilgan. “Milliy investisiya jamg‘armasi” tashkil qilinishi, Franklin Templeton kabi nufuzli kompaniyalarning jalb qilinishi buning yorqin misoli.

Transport va logistika sohasidagi islohotlar ham investisiya muhitini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega. Samarqand, Buxoro, Urganch kabi shaharlardagi aeroportlarni xususiy sheriklarga berish, “Yangi Toshkent” loyihasi doirasida mega shahar barpo etish, multimodal xab qurilishi — bularning barchasi mamlakatning iqtisodiy qon tomirini yangilashga qaratilgan.

Forumda Markaziy Osiyo davlatlari bilan mintaqaviy hamkorlik masalalari ham asosiy o‘rinni egalladi. Qo‘shni davlatlar bilan tovar aylanmasining 3,5 barobar oshishi, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lining qurilishi, energetika va infratuzilma loyihalari – barchasi mintaqadagi hamjihatlik va o‘zaro ishonchning yuksalayotganidan dalolat beradi. Prezident “Investisiya va savdo uchun yaxlit hudud” konsepsiyasini ilgari surdi v