Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,
янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
YOSHLAR TALAB YUQORI KASBLARGA O'RGATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2025-yil may oyida Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Urganch shahrida barpo etilgan Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi.

Majmua Koreya xalqaro hamkorlik agentligi – KOICAning 9 million dollarlik grant mablag‘lari hisobidan qurilgan. Zamonaviy kasblar uchun zarur jihozlar, simulatsion uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Bu yerda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandchilik, yuk ko‘tarish mashinistligi, elektron va maishiy texnika ta’miri, mebelsozlik, sartaroshlik va kosmetologiya, mobilografiya hamda mehmonxona xizmati kabi 10 ta talab yuqori mutaxassislik o‘rgatiladi.

Buning uchun qariyb 2 gektar hududda zamonaviy o‘quv binolari, amaliy mashg‘ulot xonalari, 64 o‘rinli yotoqxona va boshqa yordamchi inshootlar qurilgan. Muassasa yiliga 300 nafar tinglovchini 6 oylik kasbiy tayyorgarlik kurslarida o‘qitish imkoniyatiga ega.

Prezident o‘quv-mashg‘ulot xonalarini kirib ko‘rdi. Mehmonxona yo‘nalishida saboq olayotgan yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi.

Urganch aeroportini Inchon aeroporti bilan sheriklikda dunyo darajasiga olib chiqamiz. Katta turizm markazlari, mehmonxonalar qurayapmiz. Endi xorijiy turistlar ko‘p kelishi uchun xizmat ham xalqaro darajada bo‘lishi kerak. Ular tariximiz, tabiatimiz uchun keladi, servis yaxshi bo‘lsa, xursand bo‘lib ketadi. Bunda ko‘p narsa xizmat ko‘rsatuvchilarning muomalasi, etikasi, saviyasiga bog‘liq. Shuning uchun bu imkoniyatdan foydalanib, kasbni yaxshi o‘rganing. Kelgusida o‘zingiz ham tadbirkor bo‘lishga harakat qiling, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Markazda Migratsiya agentligi hamda Koreyaning Hyundai va Germaniyaning SBH West bilan hamkorlikda elektromobillarga xizmat ko‘rsatish ixtisosligi ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos kadrlar yetishtirish imkonini beradi.

Xalqaro hamkorlik keng yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yil yanvar oyida markazning boshqaruv xodimlari Koreya Respublikasida 2 haftalik o‘quv kurslarini tamomlab qaytgan. Ayni paytda esa ushbu mamlakatda

20 nafardan ziyod o‘qituvchi va murabbiylar malaka oshirmoqda.

Davlatimiz rahbari malakali kasbiy tayyorgarlik sanoatlashtirish, umuman, davlat rivojining asosi ekanini ta’kidladi. Amaliyot uskunalaridan samarali foydalanish, dars smenalarini oqilona tashkil etib, ko‘proq yoshlarni o‘qitish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Umuman olganda, Prezidentimizning viloyatimizga amalga oshirgan tashrifi davomida voha sanoatini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida yangi innovatsion texnologiyalarni taraqqiy ettirish, viloyatning sayyohlik imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi qimmatli yo‘l-yo‘riqlari, maslahatlari, bergan topshiriqlari har bir xorazmlikning qalbidan chuqur joy egalladi. Shu jumladan Urganch shahrida barpo etilgan Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazida bo‘lishi ham yoshlar tarbiyasi, ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Chindan ham hozirgi murakkab davrda biz pedagoglar oldida juda muhim vazifalarni amalga oshirish turibdi. Shundan kelib chiqqan holda biz o‘qituvchilar yoshlar tarbiyasi, ularning har tomonlama bilimli va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan o‘quvchilarni kamolga yetkazishimiz oldimizdagi dolzarb vazifa hisoblanadi. Buning uchun bor imkoniyat va salohiyatimizni ishga solish talab etiladi.
Xalq deputatlari Yangibozor tuman Kengashi deputati, Yangibozor tumanidagi 19-son maktab direktori Sh.Allaberganova