Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,
янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Mahalliy sanoatni rivojlantirishdagi ustuvor masalalar

Mahalliy sanoatni rivojlantirishdagi ustuvor masalalar

 Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida avvalo, eng ko‘p ish o‘rinlari yaratadigan sohalarni himoyalash choralarini ko‘rishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar,ayniqsa tashqi bozordagi sharoitida 1 millionga yaqin aholi ishlayotgan to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotimizning yana bir “drayveri” bo‘lishi kutilayotgan zargarlik sanoatiga yangi sur’at bag‘ishlash muhimligini ta’kidladilar. Shu bois bu tarmoqlarni rivojlantirish faqat iqtisodiy emas balki ijtimoiy barqarorlikning rivojlanishi hamdir.

 Yig‘ilishda yuqori o‘sish sur’atlari asosan kimyo, oziq-ovqat, meva-sabzavot, IT, turizm va transport xizmatlari hisobidan ta’minlanmoqdaligi lekin, to‘qimachilik eksporti 825 million dollar, ya’ni o‘tgan yilgidan 175 million dollarga kam bo‘lganligi  

bu borada milliy brendlarni ko‘paytirish, mavjudlarini xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha ham yangi tizim joriy qilinishi belgilanganligi bu esa milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinishi natijasida xorijdan brend-menejer, dizayner, marketolog, piar-menejerlarni olib kelinishiga,xalqaro sertifikati bor, sifati yuqori va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan kamida 50 ta milliy mahsulotni tanlab oladigan, ularga sifat belgisini berib, brendini dunyoga tanitish uchun katta targ‘ibot kampaniyasini boshlashi bu yangi tizimni joriy etilishi belgilandi.Bu nafaqat eksport xajmini balki,ishlab chiqarish samaradorligini ham oshiradi. 

Shu bilan birga bugungi kunda mamlakatimizda tayyor kiyim kechak, charm-attorlik mahsulotlari va poyabzal ishlab chiqaradigan 4 mingdan ziyod korxona borligi lekin, ularni aholiga tanitib, keng tanlov imkonini beradigan, milliy mahsulotlar bir joyda sotiladigan savdo markazlari yo‘qligi bois, faqat milliy mahsulotlar sotiladigan “Mall of Uzbekistan” yirik savdo markazlari ishga tushirilishi belgilandi.Bu nafaqat eksport xajmi balki,ishlab chiqarish samaradorligini oshirilishiga olib keladi .

 Yig‘ilishda mebelsozlikni rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilishi jumladan,yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha ishchi olib, mebel ishlab chiqarishga ruxsat berilishi. Ushbu faoliyatni boshlash, kengayish istagida yurgan yosh tadbirkorlarga 7 yilga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli kredit ajratilishi bu yakka tartib tadbirkorlarning yanada rivojlanishiga olib keladi.Endilikda milliy mahsulotlarimiz faqat ichki bozorda emas, balki tashqi bozorda o‘z o‘rnini topishgga imkon yaratiladi.