Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,
янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashi deputati N.Onorov Beliboylilik fermerlar bilan uchrashdi

 Dehqonobod tumanining Beliboyli mahallasida faoliyat olib borayotgan “Ilhom olmazor” fermer xo‘jaligi o‘zining mevali bog‘lari va pilla yetishtirishdagi faoliyati bilan nafaqat mahalliy aholining, balki hududdagi qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.  

2016-yilda tashkil etilgan ushbu fermer xo‘jaligi hozirda 5 gektar yer maydonida keng ko‘lamli mevali bog‘ barpo etgan. Olma,
o‘rik, gilos, shaftoli, olxo‘ri, bodom va tut kabi mevali daraxtlar nafaqat bog‘chani bezab turibdi, balki hududdagi iste’molchilar uchun sifatli va arzon mahsulotlar yetishtirishga xizmat qilmoqda. Daraxt qatorlari orasida ekilgan turli oziq-ovqat va poliz mahsulotlari ham yaxshi hosil berib, fermerlarning daromadini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.
   

“Prezidentimizning fermerlarni qo‘llab-quvvatlashlari tufayli hech qanday to‘siqsiz o‘z ishimizni davom ettiryapmiz. 5 gektarda barpo etgan bog‘imiz va ekilgan poliz mahsulotlaridan yaxshi hosil olib, barqaror daromad ko‘rmokdamiz,” — deydi fermer xo‘jaligi ma’suli Ilhom Ashurov.  

Shuningdek, “Ilhom olmazor” fermer xo‘jaligi nafaqat bog‘dorchilikda, balki pilla yetishtirishda ham faollik ko‘rsatmoqda. Fermer
xo‘jaligi asoschilarining xonadonida 20 yildan buyon pilla boqiladi. Bu an’anaviy faoliyat oilaviy ishga aylangan bo‘lib, pilla yetishtirishda katta tajriba to‘plangan. Xonadon bekasi Oyxol ona Do‘stboyeva pilla parvarishining baraka va imtiyozlariga to‘xtalib, “Uzoq yillardan beri pilla qurtlarini parvarishlaymiz, pillada baraka bor. Bundan tashqari, pilla boqqanimiz uchun davlat tomonidan bir qator imtiyozlarga ega bo‘lyapmiz,” — deya o‘z fikrlarini bildirdi.
  

Beliboyli mahallasida faoliyat yuritayotgan “Ilhom olmazor” fermer xo‘jaligining bog‘dorchilik va pilla yetishtirishdagi muvaffaqiyatlari tumanimizdagi qishloq xo‘jaligining yanada rivojlanishiga yorqin misol bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur fermerlar o‘z faoliyatlari bilan nafaqat o‘z oilalarini, balki butun jamoani barqaror oziq-ovqat bilan ta’minlashga hissa qo‘shmoqda. Dehqonobodlik fermerlarning mehnati va qat’iyati davlat siyosati va qo‘llab-quvvatlashi bilan uyg‘unlashib, qishloq xo‘jaligining kelajagini yorqinroq qilishga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 6