Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,
янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 may kuni mahalliy sanoatni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi о‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 may kuni mahalliy sanoatni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi о‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari bu borada muhim tashabbusni ilgari surdi. О‘zbekistonda Milliy brendlarni qо‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi. Unga xorijdan brend-menejer, dizayner, marketologlar jalb etilib, milliy brendlarimizni jahon bozoriga olib chiqishga kо‘maklashiladi. Xalqaro sertifikati bor, raqobatbardosh mahsulotlarga sifat belgisi berilib, dunyoda keng targ‘ib etiladi.

Yurtimizda milliy mahsulotlar bir joyda sotiladigan savdo markazlari yо‘q. Shu bois endi hududlarda “Mall of Uzbekistan” majmualari barpo etiladi. Ulardagi savdo dо‘konlari tadbirkorlarga minimal narxda ijaraga beriladi. Bunday markazlar xaridorlarga keng tanlov imkonini berib, xorijiy turistlarga ham qulay bо‘ladi.

Hozirgi murakkab sharoitda о‘zimizda bor xomashyoni chuqur qayta ishlab, qо‘shilgan qiymatni kо‘paytirish – eng asosiy masala. Shu maqsadda, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun faktoring tizimi joriy qilindi, bunga 100 million dollar ajratildi.

Shuning davomi sifatida, endi tо‘qimachilik korxonalari ip-kalavani faktoring asosida soddalashgan tartibda sotib olishi mumkin bо‘ladi.

Mahalliy sanoatdagi yana bir salohiyatli yо‘nalish – mebelsozlik. Bu tarmoqda 7 ming 500 ta korxona ishlab turibdi. О‘tgan yilning о‘zida 920 ta yangi korxona ochilgan. Sohada 6 trillion 700 milliard sо‘mlik mahsulot tayyorlanib, 20 million dollarlik mebel eksport qilingan.

Tadbirkorlarimiz bundan kо‘piga ham qodir. Shu maqsadda uydagi hunarmandlikdan sanoatlashgan bosqichga о‘tish istagida yurganlar ancha.

Shu bois, endi 5 nafargacha ishchi olganlarga yakka tadbirkor sifatida mebel ishlab chiqarishga ruxsat beriladi. Ushbu faoliyatni boshlash, kengayish istagida yurgan yosh tadbirkorlarga 7 yilga 5 milliard sо‘mgacha 18 foizli kredit ajratiladi.

Mebelchilikka ixtisoslashgan Sharof Rashidov, Yangi Namangan, Pastdarg‘om, О‘rta Chirchiq, Quva, Buvayda, Yunusobod va Uchtepa tumanlarida Xonqa tajribasi asosida mebelchilik markazlari tashkil etiladi.

M.Niyazova, Xalq deputatlari Kattaqо‘rg‘on tumani Kengashi deputati, Oliy Majlis senati a’zosi.

Slide 1 of 1