Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR OLDIDA AXBOROT BERDI
янв.21
Mahalla yettiligi faolyati
янв.21
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati,
янв.21
Urgut tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AYOLLAR MEHNATI E’TIBORDA
янв.21
DEPUTAT DASTUR IJROSINI TA’MINLASHDA FAOLLIK KO‘RSATMOQDA
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
Yoshlar – ertangi kunimiz, kelajagimizni belgilovchi hal qiluvchi kuchdir

Ertasi farovon boʻlishini istagan jamiyat yoshlari uchun
munosib sharoitlar yaratish haqida qaygʻuradi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar
jarayonini aholining asosiy qismini tashkil etuvchi yoshlar ishtirokisiz
tasavvur qilib boʻlmaydi. Zotan, yuksak bilimli, intellektual salohiyatli
yigit-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatda munosib oʻrin
egallashlariga koʻmaklashish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri
boʻlib, bugungi kunda ushbu yoʻnalishda aniq chora-tadbirlar roʻyobga
chiqarilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PF-86-son Farmoni aynan iqtidorli yoshlarni ezgu
orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishda yuksak ahamiyat kasb etadi. Mamlakat taraqqiyoti uchun
iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash
tizimi yaratiladi. Bu orqali yuqori malakali mutaxassislar zaxirasini
shakllantirish va global mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar yetishtirish
koʻzda tutilgan. Farmonda nazarda tutilgan respublika miqyosida iqtidorli
yoshlarni qamrab oluvchi Milliy dastur joriy etilishi, har yili 1500 nafargacha
iqtidorli yoshlar xorijiy universitetlarga tayyorlanishi, “Yorqin isteʼdod”
loyihasini amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat bitiruvchilari va Milliy dastur
ishtirokchisi boʻlgan oʻquvchilarning xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan akademik
reytingning eng ilgʻor xorijiy oliy taʼlim tashkilotlariga kvota ajratilishi
kelajak avlod vakillarining istiqboli yoʻlida qoʻyilgan muhim qadamdir. 

Viloyat Kengashi deputati Ergasheva Yulduz Alimovna