Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR ORASIDA.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi 2-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati Abloqulova Go‘zal Hamroqulovna tomonidan mahalladagi Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatlari yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.
янв.21
O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlari yangi bosqichda
янв.21
DEPUTAT MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBATLARI O‘TKAZILDI
янв.21
MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT MAKTABNI BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN DAVRA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMAN KENGASHI DEPUTATI TUMANDAGI 37-MAKTABDA BO‘LDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMANI KENGASHI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
DEPUTATLAR O‘Z SAYLOVCHILARIGA AXBOROT BERMOQDA
Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining 7-sessiyasi

 2025-yil 1-may kuni Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq 7-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Marhamat tumani IIB boshlig‘ining 2025-yil 3 oy yakuniga ko‘ra tuman hududida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Marhamat tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining 2025-yil 1-choragida Axoli murojaatlari va muammolari bilan ishlash ahvoli
haqidagi axboroti to‘g‘risidagi;
 

Tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi; 

O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Marhamat tumani Kengashi deputatlik guruhining tashabbusi bilan kiritilgan 2025-yilda Marhamat tumanida aholi bandligini va daromadlarini
oshirish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kichik dasturini joriy yilning 1-chorakdagi ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risidagi;
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2025-yil 13-fevral kuni olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga
olib chiqish hamda aholining jismoniy faolligini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshirig‘ining tumanda ijrosi to‘g‘risidagi;
 

2026-yilda Marhamat tumanida investitsiya dasturiga kiritilgan ob’ektlar bo‘yicha manzilli ro‘yhat to‘g‘risidagi hamda va boshqa masalalar muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 6