Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati D.O’ralova tomonidan “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlar Mustaqillik mahallasidagi Qatortol oilaviy shifokorlik punktida olib borildi. Unda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, reproduktiv salomatlik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda qonun ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.
Mas’ullar tomonidan mavjud holat tahlil qilinib, tizim samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.