Янгиликлар

DEPUTAT NAZORATIDA: 2026-YIL LOYIHALARI IJROSI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ochilov Baxodir Norquvatovichga o'z okrugida 2026-yilda amalga oshiriladigan muhim dastur va loyihalar ijrosi ustidan nazorat qilish biriktirildi.

Mazkur loyihalar quyidagilardan iborat:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qaroriga asosan “Shombuloq” MFYdagi 47-son maktabni rekonstruksiya qilish hamda qo‘shimcha 360 o‘rinli o‘quv binosi qurish ;

🔹 Tumandagi “Na’muna” tez tibbiy yordam binosini ta'mirlash,

🔹 Tashabbusli budjet asosida “Shombuloq” MFYdagi Chorvador va Sharaf ko‘chalarini asfalt qilish

🔹 Qo‘shchinor MFYdagi Qo‘shchinor ko‘chasining 2500 metr qismiga asfalt yotqizish va 600 metr piyoda yo‘lagi qurish

🔹 “Shombuloq” MFYidan o‘tuvchi, Durmonsoy hamda Oshiq ota MFYlarini bog‘lovchi 30V047 avtomobil yo‘lining 2000 metr qismiga 6 metr kenglikda asfalt qilish

✍️Deputat tomonidan loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Slide 1 of 1