Янгиликлар

JAMIYATDA IJTIMOIY MUAMMOLARNING OLDINI OLISH — MUHIM VAZIFA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Aliyev tomonidan tumandagi “Nuroniylar maskani”da “Jamoatchilik ovozi” guruhi a’zolari ishtirokida seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
️Seminar davomida har bir guruh a’zosiga tegishli mahallalar biriktirilib, joylarda samarali ishlash tizimi belgilab olindi.
️Shuningdek, ajrim yoqasida turgan oilalar bilan to‘g‘ri muloqot olib borish, ularning muammolarini o‘rganish hamda ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
️Bundan tashqari, aliment to‘lovlarini amalga oshirmayotgan fuqarolar bilan mahallalarda uchrashuvlar tashkil etilib, ularning mas’uliyatini oshirish, qonuniy majburiyatlarini bajarishga chaqirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
️Mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3